AsosiyJamiyat

Qandli diabet bilan kasallangan o`quvchilar imtihonlardan ozod etiladi

O`zbekiston Xalq ta`limi vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi o`quvchilarni imtihonlardan ozod qilishga sabab bo`luvchi kasalliklar ro`yxatini tasdiqladi. Bu haqda uz24.uz xabar beradi.

Ro`yxat o`quvchilarga oraliq imtihonlar va yakuniy davlat attestasiyalaridan ozod bo`lish huquqini beradi. Ro`yxatdan o`rin olgan jami 55 ta kasalliklar orasidaqandli diabetdan tashqari oshqozon yarasi, sil, anemiya, terlama, o`tkir gepatit va boshqa hastaliklar bor.

O`zbekiston Respublikasi umumta`lim maktablari to`g`risidagi Nizomning 16-moddasiga binoan, o`quvchilar oraliq va bitiruv imtihonlaridan kasalligiga qarabtibbiy komissiyaning xulosasiga ko`ra ozod qilinishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar