Bugun yana ikki klubimiz musobaqadagi dastlabki o`yinlarini o`tkazishadi. Qarshidagi “Markaziy” stadionda “Nasaf” klubi o`z muxlislari qarshisida Eronning “Traktorsozi” klubi qarshiligini engishga urinib ko`radi. Bu bahs soat 18:00da boshlanadi. olamsport.com nashri bu haqda xabar beradi.
Vadim Abramov boshchiligidagi “Lokomotiv” esa Saudiya Arabistonida “Al Hilol” klubiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30ga belgilangan. Ikkala o`yin SPORT telekanali orqali jonli ravishda efirga uzatiladi.





