AsosiyDunyo

20 ta tishni bir vaqtda olib tashlagan stomatolog bemorning o`limida aybdor deb topildi

AQShning Konnektikut shtatidagi stomatologiyada faoliyat ko`rsatuvchi Rashmi Patel qotillikda ayblanmoqda. U 64 yoshli Judit Ganning 20 ta tishini bir vaqtning o`zida olib tashlagach, bemor stomatolog kreslosida vafot etgan. Bu haqda Vesti.ru xabar beradi.  

Aslida bu voqea 2014 yilning 17 fevral sanasida sodir bo`lgandi, biroq shu vaqtgacha davom etgan sud ishlari natijasida Rashmi Patel aybdor deb topilgani ma`lum qilindi. Haqiqatdan ham, bemorning 20 ta tishi birin-ketin olib tashlanib, uning o`rniga sun`iy tishlar o`rnatilishi lozim edi.

Biroq ayol, stomatologning barcha 20 ta tishni bir kunda, bir vaqtda olib tashlashini kutmagani aniq. Ma`lum bo`lishicha, Patelning yordamchilari ayolning tishlarini hammasini bir vaqtda olishiga qarshi bo`lib, uni to`xtatishga harakat qilishgan. Chunki bir nechta tishi olingach, bemorning tobi qocha boshlagan. Shundan so`ng, uning rangi oqarib, xirillagan tovush chiqargan va xushini yo`qotgan. Biroq Patel shunda ham o`z ishini davom ettirib, tishlarning barchasini bir vaqtda olib tashlashga harakat qilgan. Patelning yordamchilari tez yordam mashinasini chaqirishgan, biroq ular etib kelgunga qadar ayolning joni uzilgan. Aniqlanishicha, ayolning salomatligi joyida bo`lmagan, bundan tashqari uning yuragi bilan bog`liq xastaligi ham bo`lgan.

Rashmi Patel Ntyu-York universitetida olimlik darajasini olgan va stomotologik jarrohlik doktori bo`lgan. Dastlab Bronksdagi kasalxonalardan birida ishlagan, keyinchalik esa shaxsiy stomatologik klinikasini ochgan.

Rashmi Patel ustidan avval ham polisiyaga qator shikoyatlar kelib tushgan. 2009 yili bemorga bo`lgan bee`tiborligi tufayli bir ayol jabrlangan va sud tomonidan uning foydasiga 500 ming AQSh dollari undirilgan.

2013 yilning dekabr oyida esa 55 yoshli bemorni uning klinikasidan tez yordam mashinasida olib ketishlariga to`g`ri kelgan. O`shanda bemorning nafas olishi qiyinlashib, xushini yo`qotgandi.

Oxirgi 2014 yilning 17 fevralida bemor ayol Judit Gan bitlan bo`lib o`tgan xodisadan so`ng, Patel xisbga olingandi, biroq bir muncha vaqtdan so`ng u 25 ming AQSh dollari miqdoridagi garov evaziga ozodlikka chiqdi. Shu kunlarda u sud oldida o`z qilmishi uchun javob berishi lozim. 

    Boshqa yangiliklar