Mixael Shumaxerning rafiqasi Korinna turmush o`rtog`ining davolanishi uchun ularning 645 kv.km. maydonga ega bo`lgan eng qadrli uyini sotishga majbur bo`ldi, deya xabar beradi Spletnik.ru nashri.
Ma`lumotlarga ko`ra, uyni sotish vaqtidagi kelishuvga asosan u 2,5 mln. evroga baholangan. Bundan tashqari Shumaxerning mashinasi va Shumaxerning shaxsiy samolyoti Falcon 2000EX ham sotuvga qo`yilgan.
Bundan bir qancha vaqt ilgari chet el ommaviy axborot vositalari Shumaxerning davolanishi uchun umumiy hisobda 15,3 million AQSh dollari miqdoridagi mablag` kerak bo`lishi haqida tahminlar bildirishgandi.
Eslatib o`tamiz, Shumaxer 2013 yil dekabr oyi oxirida jiddiy jarohat olgan va o`shandan bo`yon Grenobledagi klinikada koma holatida bo`ldi. 16 iyun kuni esa sportchi komadan chiqqani haqida xabar berilgan va Lozannadagi reabilitasiya klinikasiga ko`chirilgan. Uning axvoli bir maromga kelgach, u o`z uyiga qaytdi, davolanishni yaqinlari oldida davom ettirmoqda.





