Bugun professional tennischilarning haftalik yangi reytingi e`lon qilindi. Kecha Vroslavdagi turnirda bosh mukofotni qo`lga kiritgan Farrux Do`stov bir yo`la 20 pog`ona ko`tarilib, ilk bor TOP-100dan joy oldi. Ayni paytda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi dunyo reytingida 98-o`rinni egallab turibdi. Bu haqda olamsport.com xabar beradi.
O`zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin esa o`tgan haftadagi o`rni (65-o`rin)ni saqlab qoldi. Dunyo tennischilari reytingini hamon katta farq bilan serbiyalik Novak Jokovich boshqarib turibdi. Kuchli beshlikdan shveysariyalik Rojer Federer, britaniyalik Endi Marrey, yaponiyalik Kei Nisikorilar joy olishgan.





