Fuqaro A.A. 750 litr etil spirtini har bir litrini 29 000 so`mdan hisoblab, umumiy summani AQSh dollariga aylantirgan holda 9500 so`mdan hisoblab, 2 289 AQSh dollari evaziga fuqaro R.A.ga sotishga kelishib, undan 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu holat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi.
Ushbu etil spirtining kelib chiqish manbasi o`rganilganda, Toshkent shaharida faoliyat yurituvchi «K.» MChJ rahbari B.Yu. spirt mahsulotlarini har bir litrini 13 500 so`mdan hisoblab, fuqaro M.Q.ga sotganligi, M.Q. esa o`z navbatida har bir litrini 20 000 so`mdan hisoblab, fuqaro A.A.ga qonunga xilof ravishda sotishga kelishib berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan «K.» MChJ rahbari B.Yu. fuqarolar M.Q., A.A va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






