AsosiyJamiyat

Bog`cha, maktab, shifoxona va harbiy qismlar ovqatlariga quyon go`shti qo`shiladi

'Bog`cha, maktab, shifoxona va harbiy qismlar ovqatlariga quyon go`shti qo`shiladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining Respublikada quyonchilik sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori loyihasi muhokamaga qo`yildi

Unga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yirik savdo markazlari, markaziy dehqon bozorlari hamda aholi gavjum joylarda quyon go`shti etishtiruvchi sub`ektlarga mahsulotini sotish uchun shart-sharoitlar yaratib berilishi ta`minlanadi.

Shuningdek, shifoxona va shifo maskanlari, maktab hamda maktabgacha ta`lim muassasalari hamda harbiy qismlarda iste`mol qilinadigan mahsulotlar tarkibiga parhez va foydali quyon go`shtini qo`shiladi.

Moliya vazirligi davlat byudjeti parametrlari doirasida ushbu muassasalarga go`sht mahsulotlari uchun mablag`lar ajratishda umumiy go`sht miqdorining 10 foizigacha miqdorida quyon go`shti uchun yo`naltiradi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xonadonlarda quyon etishtiruvchi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo`jaliklariga quyon parvarishlash maqsadida sotib olinayotgan quyon uyalari(qafasi) va ozuqasi uchun bazaviy hisob-kitob summasining (BHS) o`n barobari miqdorida vazirlik subsidiyalari ajratish mexanizmalarini 2020 yil 1 fevral sanasidan amaliyotga joriy qilish vazifalari ham loyihada nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar