AsosiyJamiyat

“O`zbekiston havo yo`llari”ning bir qator qatnovlari kechikish bilan amalga oshirildi

'“O`zbekiston havo yo`llari”ning bir qator qatnovlari kechikish bilan amalga oshirildi'ning rasmi

“O`zbekiston havo yo`llari” MAK bir qator qatnovlari ba`zi sabablarga ko`ra kechikish bilan amalga oshirilganini ma`lum qildi.

Xususan HY-606 (Moskva-Samarqand) qatnovining uchishi texnik sabablarga ko`ra soat 21:55 (12 dekabr) o`rniga Moskva vaqti bo`yicha soat 01:55 da (13 dekabr) amalga oshirildi. Qo`nish vaqti soat 03:30 da emas, mahalliy vaqt bo`yicha soat 07:30 da amalga oshirildi.

Farg`onadan Moskvaga amalga oshirilgan HY-627 reysining uchishi ob-havo sharoitlari sababli soat 17:40 dan (12 dekabr) 11:50 ga (13 dekabr) ko`chirildi.

HY-046 Samarqand-Toshkent reysi texnik sabablarga ko`ra bekor qilindi. Ushbu qatnov yo`lovchilari HY-042 qatnovi bilan 13 dekabr kuni soat 21:15 da olib ketiladilar.

Milliy aviakompaniya yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`ragan.

 

    Boshqa yangiliklar