AsosiyDunyo

Braziliyaning prezidenti og`ir kasallikka chalindi

'Braziliyaning prezidenti og`ir kasallikka chalindi'ning rasmi

Chorshanba kuni Braziliyaning amaldagi prezidenti Jair Bolsonaro o`zida teri saratoni kasalligi bo`lishi mumkinligini aytdi. U tibbiy ko`rikdan o`tgandan so`ng shunday xulosaga kelgan. Bu haqda tarjimon.uz xabar bermoqda.

Prezident administrasiyasi Bolsanaro kasalxonada bo`lganini tasdiqladi. Ammo, ularning ma`lum qilishicha,  Bolsonaroda saraton kasalligi yo`q.  «Prezidentning sog`lig`i yaxshi, unda teri saratoni belgilari yo`q. U hafta davomidagi belgilangan uchrashuvlarni davom ettiradi»,  deyiladi bayonotda.

 Bundan oldin ham Bolsonaroga Bahia shtatidagi Salvadorga safarini bekor qilish haqida maslahat berilgandi. Bunga Prezidentda qattiq charchoq kuzatilgani sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar