Toshkent shahar IIBB xodimlari maxsus reseptsiz kuchli dori vositalarini sotgan dorixona ishchisini aniqladilar.
Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi, Davlat soliq qo`mitasi va O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti hamkorligida narkotik vositalarining noqonuniy savdosiga qarshi kurash bo`yicha olib borilgan tadbirlar davomida aniqlanishicha, Uchtepa tumani 14-kvartalda joylashgan “Registon farm” MChJ ishchisi 24 yoshli Farxod E. maxsus resept talab qilmasdan kuchli ta`sirga ega dori vositalari savdosi bilan shug`ullangan.
Dorixonani ko`zdan kechirish vaqtida 193 ta “Regapen” tabletkalari, 140 flakon “Tropikamid” va 1100 ta tabletka “Karbamazepin” topilgan.
To`plangan ma`lumotlar O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (“Kuchli ta`sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atilishi masalasini hal qilish uchun O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi qoshidagi Departamentga topshirildi.
Toshkent shahar IIBB dorixona ishchilari “Tropikamid” yoki “Regapen” dorilarini reseptsiz sotayotganligini guvohi bo`lgan taqdirda 102 yoki 71-232-30-40, 71-232-40-50 raqamlariga xabar berishni so`ragan.






