Bugun, 9 dekabr kuni soat 19:20da Yunusobod tumani, 13 mavze, 47-uy yonida qurilish ishlari olib borilayotgan hududda quruvchi tashkilotning ehtiyotkorsizligi oqibatida 150 diametr kenglikdagi issiqlik quvuriga shikast etkazilgan.
Natijada Yunusobod tumanidagi 13 mavzeda joylashgan 13 ta ko`p qavatli (18, 20, 41, 43, 47, 48, 49, 50, 51, 52, 55, 65, 66,) uylarda issiqlik energiyasi ta`minotida uzilish kuzatildi.
Hozirda mazkur tizimdagi avariyani bartaraf etish ishlari tashkil etilgan va qurilish ishlarini olib borayotgan pudratchi tashkilotga belgilangan me`yorlarga amal qilmaganligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Xabarda aytilishicha bugun soat 00:00da mazkur ko`p qavatli uylarda issiqlik ta`minoti to`liq ishga tushiriladi.






