Ijtimoiy tarmoqlarda “O`qituvchilar: maoshimizdan obunaga pul ushlab qolinmoqda” sarlavhasi ostida xabarlar tarqalgan edi.
Farg`ona viloyat xalq ta`limi boshqarmasi bayonotida ijtimoiy tarmoqda “O`qituvchilar: maoshimizdan obunaga pul ushlab qolinmoqda” sarlavhasi ostida “Farg`ona viloyati O`zbekiston tumani 47-umumiy o`rta ta`lim maktabi o`qituvchilari nomidan yozilgan xabardagi vajlar o`z tasdig`ini topmaganligi ta`kilanmoqda. Aytilishicha, Chunki tuman xalq ta`limi bo`limi tomonidan tasarrufdagi ta`lim muassasalari rahbarlariga pedagoglarni majburiy obunaga jalb etish bo`yicha yozma yoki og`zaki topshiriqlar berilmagan.
2020 yil uchun obuna bo`lish har bir fuqaroning o`z xohishi. Obuna uchun maktab o`qituvchilariga majburiy summa belgilanmagan.
O`rganish natijasida O`zbekiston tumani 47-umumiy o`rta ta`lim maktabi rahbari tomonidan pedagoglarga fan yo`nalishlari bo`yicha obuna bo`lishi ixtiyoriyligi aytib o`tilganligi ma`lum bo`ldi.
O`qituvchilar o`z sohasiga taalluqli gazeta va jurnallarga ixtiyoriy obuna bo`lish maqsadida maktab kutubxona mudiridan gazeta va jurnallarning obuna narxlarini so`raganlar va fanlariga oid gazeta-jurnallarga obuna bo`lish istagini bildirishgan. O`qituvchilar iltimosiga binoan maktab kutubxona mudiri oddiy qog`ozga o`qituvchilar ismi-sharifini, ular obuna bo`lish istagini bildirgan gazeta va jurnallarning ro`yxati hamda obuna narxlarini axborot uchun yozib qo`ygan. Aniqlanishicha, bu qog`ozni hech kim tasdiqlamagan. Bugungi kungacha O`zbekiston tumanidagi 47-umumiy o`rta ta`lim maktabi jamoasidan obuna uchun hech qanday mablag` ushlanmagan.






