Ancha vaqt qo`nimsizlikdan qiynalgan S.Ro`zievaning muammosi bir necha kun avval ijobiy echim topdi. Yashash uchun joyi bo`lmagan fuqaro o`tgan hafta yordam so`rab Qarshi shahar hokimi Normo`min Xolboev qabuliga kelgandi.
Ma`lum bo`lishicha, S.Ro`zieva 3 nafar voyaga etmagan farzandini yolg`iz tarbiyalaydi. Turmush o`rtog`i esa vafot etgan. Ijarada yashab yurish ham bu oilaga juda og`irlik qilib qolgan. Zo`rg`a kun o`tkazayotgan oilaning topgani ro`zg`ordan ortmagan. Uy-joy qilishga qurbi umuman etmaydi. Boz ustiga, ko`mak beroladigan yaqin qarindoshi ham yo`q.
Murojaat asosli deb topilib, fuqaroga amaliy yordam ko`rsatish chorasi ko`rildi.
S.Ro`zieva farzandlari bilan birgalikda davlat hisobida turgan, barcha sharoiti bo`lgan xonadonlardan biriga joylashtirildi.
Eslatish joiz, hozirgi vaqtda Qarshi shahar hokimligi tomonidan har bir aholi murojaatini imkon qadar qanoatlantirish bo`yicha faol ish olib borilmoqda.






