AsosiyJamiyat

Toshkentdan Moskvaga yangi poezd qatnovi yo`lga qo`yildi

'Toshkentdan Moskvaga yangi poezd qatnovi yo`lga qo`yildi'ning rasmi

“O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 14 dekabrdan e`tiboran Toshkent-Moskva-Toshkent yo`nalishida yangi poezd qatnovi yo`lga qo`yildi. 

350/349 –sonli poezd qatnovi haftasiga bir marta (juma kuni) amalga oshiriladi. Yangi yo`nalish bo`yicha poezd Samarqand, Navoiy, Buxoro va Nukus shaharlari orqali o`tib, Qoraqalpog`iston temir yo`l stansiyasi orqali harakatlandi. 

Bu esa ushbu xududlarda istiqomat qilayotganlarga, qolaversa yurtimizning tarixiy shaharlariga kelishni istagan sayyohlar uchun ham juda katta qulaylik yaratadi. 

O`zbekiston Respublikasidan Rossiya Federasiyasi poytaxtiga qatnovchi poezdlar soni endi uchtaga etdi. Shu kungacha Toshkent-Moskva va Andijon-Moskva poezdlari Keles stansiyasi orqali harakatlangan.

Toshkent-Moskva-Toshkent poezdi mahalliy vaqt bilan 18-54da jo`naydi va 79 soatdan so`ng, Moskva vaqti bilan soat 00-00da Rossiya poytaxtining Qozon vokzaliga etib boradi. 

Chiptalar narxlari 1 196 482 dan 2 838 347 so`mgacha etib belgilangan. 

    Boshqa yangiliklar