AsosiyJamiyat

Buxoroda yuk poezdi 58 yoshli fuqaroni urib yubordi

'Buxoroda yuk poezdi 58 yoshli fuqaroni urib yubordi'ning rasmi

Yakkatut-Murg`ak bekatlari oralig`ida harakatlantirib ketayotgan poezd temir yo`lni kesib o`tayotgan piyodani urib yubordi.

2019 yilnin 5 dekabr kuni soat 04:55 larda elektrovoz mashinisti 32 yoshli R.T. boshqaruvidagi 3041-sonli yuk poezdini Buxoro Mintaqaviy temir yo`l uzeliga qarashli Yakkatut-Murg`ak bekatlari oralig`idagi 4012 km. 1-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo`lni kesib o`tayotgan piyoda 58 yoshli G.X.ni urib yuborganligi oqibatida G.X. hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o`rganilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti fuqarolardan temir yo`l yaqinida harakatlanayotganda yoki yo`lni kesib o`tayotganda belgilangan yo`l harakati qoidalariga rioya qilishni so`ragan.

    Boshqa yangiliklar