Bugungi kunda, sud tizimida amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlar doirasida sohaga zamonaviy axborot-kommunikasion texnologiyalarni joriy etish borasida xam salmoqli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 avgustdagi PQ-3250-sonli “Sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori bu yo`nalishdagi ishlarning yangi bosqichga ko`tarilishiga olib keldi. Mazkur qaror bilan belgilab berilgan chora-tadbirlar jinoyat, ma`muriy, iqtisodiy va fuqarolik sudlari faoliyatida elektron ish yurituviga to`liq o`tish bo`yicha eng asosiy bosqichlarni belgilab berdi.
Qaror ijrosi yuzasidan sudlar faoliyatiga bir qator yangiliklar joriy qilib kelinmoqda. Jumladan, sud tizimining yangi tarmog`i hisoblanuvchi ma`muriy sudlar faoliyatida elektron ish yuritish va elektron xujjat almashinuv tizimi “E-xsud” elektron bazasi tizimida yo`lga qo`yildi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018 yil 3 maydagi 322-sonli “Ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar va jabrlanuvchilarni arkazlashtirilgan xisobga olish tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi qarori ijrosi yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar Vazirligining qo`shma qarori qabul qilinib, 2019 yil 1 yanvardan boshlab ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlar vakolatli davlat idoralari tomonidan ma`muriy sudlarga elektron shaklda taqdim etilishi tartibi joriy qilindi. Qo`shma qaror bilan tasdiqlangan Tartib asosida ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarni sudga elektron taqdim etish, sud tomonidan ishlarni ko`rib chiqish va ma`lumotlarni elektron bazaga kiritishning tartibi xamda shartlari belgilandi.
Mazkur amalga oshirilgan ishlar natijasida bugungi kunda ma`muriy sudlar tomonidan ko`rib chiqilgan ishlar to`g`risidagi ma`lumotlarni tuman (shaxar), viloyat va respublika miqyosida qisqa muddatda olish,sudlar tomonidan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlarini ko`rib chiqishda prosessual muddatlarga rioya qilinishini nazorat qilish, ishlarni o`z vaqtida ko`rib chiqilishi va sud qarorlarini ijroga qaratilishini ta`minlash imkoniyatini yaratdi.
Xususan, 2019 yilning o`tgan 11 oyi davomida So`x tuman ma`muriy sudi tomonidan 1406 ta shaxsga nisbatan 1208 ta ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ishlar vakolatli davlat idoralaridan “E-xsud” elektron bazasi orqali qabul qilinib ko`rib chiqildi. Ko`rib chiqilgan mazkur ishlar yuzasidan chiqarilgan sud qarorlari ijrosini ta`minlash yuzasidan ushbu davrda 821 ta ijro varaqalari elektron tarzda Majburiy ijro byurosi tuman (shaxar) bo`limlariga yuborildi.
Tuman ma`muriy sudi tomonidan qabul qilingan qarorlarning barchasi O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy veb saytida belgilangan tartibda e`lon qilib borilmoqda.Xar qanday shaxs internet tarmog`i orqali ushbu qarorlar bilan tanishish imkoniyati yaratilgan.
Xulosa o`rnida aytish mumkinki, ma`muriy sudlar tizimiga axborot-kommunikasion texnologiyalarning joriy etilishisudal faoliyati samaradorligi va unumdorligini oshirish bilan birga, sudlar faoliyatida shaffoflikni ta`minlashda ijobiy tendensiyalarni yuzaga keltirdi.
So`x tuman ma`muriy sudining raisi B.Yuldashev






