Bugun 16.30 da Shayxontohur tumanining Beltepa mavzesida, 400 diametrlik issiqlik quvurlarida avariya sodir bo`lishi natijasida tumanning ayrim hududlarda issiqlik ta`minotida vaqtincha uzilish kuzatildi.
Mavjud issiqlik quvuri muddatini o`tab bo`lganligi sababli yuzaga kelgan vaziyat ayni vaqtda bartaraf etilmokda vaquvurning nosoz qismi yangisiga almashtirilmoqda. Bugun kech soat 22:00da aholi xonadonlari yana issiqlik tizimiga ulanadi.
Shuningdek, bugun soat 17.00 da 9-sonli qozonxonaning (Toshkent viloyati, Nazarbek QFY xududida joylashgan) 800 diametrli quvurida nosozlik yuzaga kelganligi sababli Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hudularida issiqlik ta`minotida vaqtincha uzilish kuzatiladi.
Ayni paytda muammo bartaraf etilmokda va 5 dekabr, soat 05:00ga qadar ta`mirlash ishlari o`z yakuniga etkaziladi xamda 07.00da aholi xonadonlari yana issiqlik tizimiga ulanadi.
Mazkur uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etishga zarur miqdordagi texnikalar va mutaxassislar jalb etilgan.
Toshkent shahar hokimligi yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so`ragan.






