AsosiyJamiyat

Talabalar qishki ta`tilining aniq kunlari yuqori ehtimollik bilan ma`lum bo`ldi

'Talabalar qishki ta`tilining aniq kunlari yuqori ehtimollik bilan ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Xabaringiz bor, joriy yilda saylov munosabati bilan OTM talabalari uchun qishki ta`til kunlari muddatida o`zgarish bo`lishi aytilgan edi. Shuningdek huquqshunos va bloger Xushnud Xudoyberdiev ham bu borada 99 foiz aniqlikka asoslangan ta`til muddatini xabar qildi.

Bugun ijtimoiy tarmoqdagi kanallarda talabalarning qishki ta`til kunlari rasman belgilangani e`lon qilindi. Unga ko`ra, oliy o`quv yurtlari talabalarining qishki ta`til kunlari 20 dekabrdan 2020 yilning 5 yanvariga qadar davom etadi.

Shunga ko`ra, 16 dekabrdan poezdlarga imtiyozli chiptalar sotiladi.

“darakchi.uz” ma`lumotga aniqlik kiritish maqsadida Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi matbuot xizmati bilan bog`landi. Ma`lum qilinishicha, yuqorida ko`rsatilgan kunlarda belgilanish ehtimoli yuqori, biroq hamon rasman tasdiqlanmagan.

Boshqa yangiliklar