AsosiyJinoyat

Qibraydagi 25-sonli bolalar bog`chasida oziq-ovqat mahsulotlarining talon-toroj qilinganlarga jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Qibraydagi 25-sonli bolalar bog`chasida oziq-ovqat mahsulotlarining talon-toroj qilinganlarga jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan Qibray tumani 25-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida tekshiruv o`tkazildi...

Hayot ShAMSUTDINOV, O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i: 

— Tekshiruvda Qibray tumani 25-sonli maktabgacha ta`lim muassasasida 180,4 mln. so`mlik oziq-ovqat mahsulotlari o`zlashtirish yo`li bilan talon-taroj qilinganligi aniqlangan.

Xususan, muassasa omboridagi maxsulotlar sanoqdan o`tkazilganda, 33 xil turdagi 21,6 mln. so`mlik oziq-ovqat mahsuotlari kamomadi borligi aniqlangan.

Bundan tashqari, 2018-2019 yillar davomida 4,1 tonna 134,7 mln. so`mlik go`sht hamda 7,9 ming litr 24 mln. so`mlik sut mahsulotlari tashkilot tarbiyalanuvchilarga berilmay, o`zlashtirib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 19 noyabrda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qibray tumani bo`limi tomonidan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergovga tegishliligi bo`yicha tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijasi xaqida qo`shimcha xabar beriladi. 

(Toshkent viloyati MTB boshlig`ining 2019 yil 27 noyabrdagi buyrug`iga asosan Qibray tumanidagi 25-sonli maktabgacha ta`lim muassasasi mudirasi egallab turgan lavozimdan ozod etilgan).

    Boshqa yangiliklar