AsosiyJamiyat

Italiyalik xalqaro kuzatuvchi Sirdaryodagi saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi

'Italiyalik xalqaro kuzatuvchi Sirdaryodagi saylovga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi'ning rasmi

Xalqaro Matbuot markazi Sirdaryo viloyati bo`limi faoliyati bilan tanishish maqsadida Italiya davlatidan kuzatuvchi Rikkardo Renga (Pezaro shahridagi Agrar universiteti professori) tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida Xalqaro Matbuot markazi viloyat bo`limi rahbari Farxod Boqiev bilan saylov jarayonlari yuzasidan suhbatlashdi.

Italiyalik mehmonga markazda OAVlari xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, tezkor axborot almashinuvini ta`minlash bo`yicha Markaziy Saylov komissiyasi bilan internet tarmog`i bilan aloqadorlik mavjudligi amaliy ko`rsatib berildi. 

Sirdaryo viloyati Matbuot xazmatining aytishicha, Italiyadan tashrif buyurgan kuzatuvchi Rikkardo Renga viloyatda saylov jarayonlariga tayyorgarlik va bugungi kundagi faoliyat bo`yicha aniq ma`lumotlar olganidan ko`ngli to`lganini bildirgan.

    Boshqa yangiliklar