AsosiyJamiyat

FVV xodimlari Samarqandda ona va qizining hayotini saqlab qoldi

'FVV xodimlari Samarqandda ona va qizining hayotini saqlab qoldi'ning rasmi

2019 yil 2 dekabr kuni soat 04:19 lar atrofida Samarqand shahri A.Temur ko`chasida joylashgan xonadonda istiqomat qiluvchi 1958 yilda tug`ilgan fuqaro A.B. Samarqand viloyati FVB tezkor navbatchilik qismiga qo`ng`iroq qilib, uyda yong`in chiqanligi to`g`risida xabar berdi.

Voqea joyiga boshqarma qutqaruvchilari va o`t o`chirish guruhi shaxsiy tarkibi 04:25 da etib borib, zudlik bilan yong`inni o`chirishdi. Olib borilgan tezkor sa`y-harakatlar natijasida tutun bilan to`lgan xonadon ichidan 2 nafar fuqarolar 1986 yilda tug`ilgan I.N. va uning qizi 2006 yilda tug`ilgan G.A. olib chiqlib, ularning hayoti saqlab qolindi. Sodir bo`lgan hodisa oqibatida jablanganlar yo`q.

Yong`in uyning hammomida elektr simlarini qisqa tutashuvi natijasida kelib chiqganligi taxmin qilinmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar