AsosiyJamiyat

Ohangaronda inson o`limiga olib kelgan YTH sodir etgan haydovchi qidirilmoqda

'Ohangaronda inson o`limiga olib kelgan YTH sodir etgan haydovchi qidirilmoqda'ning rasmi

2019 yil 2 dekabr kuni taxminan soat 05:00 larda noma`lum shaxs boshqaruvidagi transport vositasida Ohangaron tumani hududidan o`tuvchi “Toshkent-Olmaliq” avtomobil yo`lining 6 km.da, piyoda 53 yoshli A.V.ni urib yuborib, jabrlanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatmasdan uni xavf ostida qoldirib hodisa joyidan yashiringan.

Oqibatda A.V. yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan joyida vafot etgan.

Hodisa sodir bo`lgan joyni ko`zdan kechirish jarayonida transport vositasining oldi bamper qismi va boshqa bo`laklari olingan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o`limiga olib kelgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117-moddasi 2-qismi (xavf ostida qoldirish odam o`lishiga sabab bo`lsa) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida, tegishli ekspertizalar tayinlangan, ushbu YTHni sodir etgan transport vositasi va uning haydovchisini aniqlash maqsadida tezkor qidiruv tadbirlari o`tkazilmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiushbu qilmish uchun jazo muqarrarligi va adolatni qaror toptirish maqsadida fuqarolardan befarq bo`lmaslikni ushbu holatni ko`rgan voqea shohidlari yoki uning qatnashchilari haqida biron-bir ma`lumotga ega bo`lsahududiy IIBlarga (Tel:0-370-762-41-21; 0-370-762-41-22; 71-231-46-26) xabar berishni so`ragan.

 

    Boshqa yangiliklar