AsosiyJamiyat

“O`zbekiston havo yo`llari” samolyoti yo`lovchining sog`ligi keskin yomonlashgani sababli favqulodda qo`ndi

'“O`zbekiston havo yo`llari” samolyoti yo`lovchining sog`ligi keskin yomonlashgani sababli favqulodda qo`ndi'ning rasmi

O`zbekistonning Qozon shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi bergan ma`lumotga ko`ra 2019 yil 2 dekabr kuni Buxoro-Moskva yo`nalishi bo`yicha uchayotgan (Vnukovo, HY-607 reys) «O`zbekiston havo yo`llari» aviakompaniyasiga tegishli samolyot O`zbekiston fuqarosi J.Sh.ning sog`ligi holati keskin yomonlashgani sababli Samara shahri «Kurumoch» aeroportiga favqulodda qo`ndi.

Samolyot qo`nib, birinchi zarur tibbiy yordam ko`rsatilganidan so`ng hamyurtimiz sog`ligi holati barqarorlashgani sababli shifoxonada davolanishdan voz kechdi.

Bosh konsulxona mazkur hamyurtimiz bilan bog`landi. U o`zini yaxshi his qilayotgani bois er usti transportida safarini davom ettirmoqchi ekanligini ma`lum qildi.

Konsullik-huquqiy departamenti Rossiyaning Volgabo`yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Kirov viloyati, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o`lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududida bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur holatlarda Qozon shahridagi mamlakatimiz Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini ma`lum qiladi: +7-843-526-55-64, +7-843-526-55-65.

 

    Boshqa yangiliklar