Joriy yil 2 dekabr kuni «Jarquduq – Dexqonobod» temir yo`l oralig`ida yuk poezdida yuz bergan nosozlik tufayli to`xtab qoldi va “Toshkent – Termez” hamda “Toshkent – Saraosiyo” poezlaridining xarakat jadvaliga ta`sir etdi.
Yo`lovchilarini o`z manzillariga etkazish borasida «O`zbekiston temir yo`llari» AJ mutaxassislari tomonidan o`z vaqtida chora ko`rildi. Jumladan, ularning barchasi avtobuslarda belgilangan joyga etkazildi.
Hozirgi vaqda poezdlar qatnovi tiklandi, deya xabar beradi «O`zbekiston temir yo`llari» AJ Axborot-tahliliy media markazi.
«O`zbekiston temir yo`llari» AJ bunday noqulaylik uchun yo`lovchilardan uzr so`raydi.






