Ayni paytda davom etayotgan Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida Davlat dasturida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida 2019 yilda bajarilgan ishlar bo`yicha Hukumat hisoboti tinglandi. Ma`ruzani Senat Raisining birinchi o`rinbosari Sodiq Safoev o`qib eshittirdi.
— Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib chiqqan holda Senat muntazam ravishda Monopoliyaga qarshi kurashish Qumitasining axborotini eshitish amaliyotini joriy qilishi maqsadga muvofiq, - dedi Safoev. — Boshqaruv sohasidagi islohotlarning hal qiluvchi yo`nalishi bu – davlatning iqtisodiyotga to`g`ridan-to`g`ri aralashuvini qisqartirishdir. Zamon iqtisodiyotda xukumat ulushi katta bo`lgan tizimning raqobatbardosh emasligini ko`rsatdi. Shu bois, ma`muriy boshqaruv islohotlarning hal qiluvchi ko`rsatkichi va uning asosiy yo`nalishi – xususiylashtirish va monopoliyaga barham berishdir.
Senator bu sohada oxirgi uch yil mobaynida katta o`zgarishlar ro`y berganini, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi 86 ta lisenziyalanadigan faoliyat turi va ruxsat berish tartib-taomili bekor qilinganini, natijada, xususiy tadbirkorlik bilan shug`ullaniyotlar soni 25% ko`payganini qayd etdi.
— Ko`p tarmoqlarda raqobat ortdi: shu jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari, mebel, tekstil mahsulotlari ishlab chiqarishda. Avval yuqori darajada monopoliyalashgan qurilish materiallari, kabel mahsuloti va pul o`tkazish hizmati kabi sohada yakka xukumronlikga barham berildi. Umuman, mamlakatda monopol korxonalar soni ikki barobar qisqardi, - dedi Safoev.






