AsosiyJamiyat

6 nafar hamyurtimiz MDH Parlamentlararo Assambleyasi mukofotlari bilan taqdirlandi

'6 nafar hamyurtimiz MDH Parlamentlararo Assambleyasi mukofotlari bilan taqdirlandi'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining 24-yalpi majlisida Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Parlamentlararo Assambleyasi va uning tarkibiy tuzilmalari tadbirlaridagi faol ishtiroki, shuningdek Hamdo`stlikka a`zo mamlakatlar xalqlari o`rtasidagi do`stlikni mustahkamlashga qo`shgan hissasi uchun bir qator faollar, jumladan 6 nafar O`zbekiston fuqarosi tashkilotning fahriy yorlig`i bilan taqdirlandi.

Ular:

Sergey Aliboev, “O`zbekiston24” teleradiokanali “Tahlilnoma” dasturi bosh muharrir o`rinbosari;   

Kamoliddin O`rinboev, A.Navoiy nomidagi DAKT simfonik orkestri dirijyori;

Oksana Chusovitina, Sport gimnastikasi bo`yicha O`zbekiston Milliy terma jamoasi a`zosi;

Maxamatali Yunusov, “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasi naqqosh ustasi;

Bahodir Jalolov, Boks bo`yicha O`zbekiston Milliy terma jamoasi a`zosi;

Nodirxon Muhammedxonov, “O`zbekiston24” teleradiokanali diktori.

Yalpi majlisda ma`lum qilinishicha, O`zbekiston tarixida ilk bor Oliy Majlis vakili – Akmal Xolmatovich Saidov dunyo bo`yicha 179 ta mamlakatni o`z ichiga qamrab olgan Parlamentlararo Ittifoqning Ijroiya qo`mitasi a`zosi etib saylandi. 

Bu yil Senatning Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Parlamentlararo Assambleyasiga a`zoligi ham tiklandi. Ushbu tashkilotning Madaniyat, axborot, turizm va sport masalalari bo`yicha doimiy komissiyasi raisi etib Oliy Majlis vakili – Adxam Shodmanov tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar