AsosiyJamiyat

Fan nomzodlari va fan doktorlari maoshiga ustama qo`shilishi nega kechikmoqda?

'Fan nomzodlari va fan doktorlari maoshiga ustama qo`shilishi nega kechikmoqda?'ning rasmi

Shu yilning 24 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston Milliy universitetida oliy ta`lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, akademiklar, olimlar, yosh tadqiqotchilar bilan uchrashgan va unda davlat rahbari fan nomzodlarining oylik maoshlariga 30 foiz, fan doktorlari uchun esa 60 foiz ustama haqi belgilashni taklif qilgan edi.

Bu taklif joriy yilning 1 sentyabridan amalga oshirilishi kerak edi. Ammo bunday bo`lmadi. Nega? Oliy Majlis Senatining Fan, ta`lim va sog`liqni saqlash masalalari qo`mitasi yig`ilishida ayni shu masala o`rtaga tashlandi.

Timur Sultonov, Moliya vazirligi bo`lim boshlig`i:

— Fan nomzodi, fan doktorlari maoshiga ustamalar belgilash bo`yicha qaror qabul qilingan. Ustamalarni to`lash tartibi (Nizomi) ham ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Darhaqiqat, 2019 yil 1 sentyabrdan ustamalar qo`shilishi kerak edi. Ammo ustamalarni belgilashda faqat ilmiy darajasi borligiga emas, balki uning o`z ustida ishlashi, loyiq bo`lishi kerakligi alohida ta`kidlangandi. Shu bois ishlab chiqilgan Nizom qayta ko`rilmoqda va mezonlar ishlab chiqilmoqda. Yaqin kunlarda tasdiqlanishi kutilmoqda.

Senatorlar bergan ma`lumotga ko`ra, bugungi kunda O`zbekistonda 10 mingta fan nomzodi, 2,5 mingta fan doktorlari bor. Ularning o`rtacha yoshi 52-54 yosh. Shu nuqtai nazardan ilm yo`lida izlanayotgan olimlarni rag`batlantirishni kechiktirib bo`lmasligi, senatorlar bu masalani qat`iy nazoratga olishi kerakligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar