AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "INTERPOL" 25 yoshda!

'O`zbekistonda "INTERPOL" 25 yoshda!'ning rasmi

"Bugun Ichki ishlar vazirligida «Interpol»ning O`zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi tashkil etilganining 25 yilligi nishonlandi", - deya xabar beradi IIV Matbuot xizmati. Tadbirda vazirlik rahbariyati, shaxsiy tarkibi va boshqa mehmonlar ishtirok etishdi.

Ichki ishlar vazirining birinchi o`rinbosari, polkovnik Aziz Tashpulatov Interpolning Milliy markaziy byurosi xodimlarini bayram bilan muborakbod etib, xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish va qidiruvdagi shaxslarni qo`lga olishda ularning hissasi beqiyos ekanini ta`kidladi.


 

Shundan so`ng, Ichki ishlar vazirining buyrug`i bilan «Interpol»ning O`zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi boshlig`i, polkovnik Rustam Isroilov 1 darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun», bo`lim boshlig`i polkovnik G`anijon Alimuhammedov 2 darajali «Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun» ko`krak nishonlari bilan taqdirlandilar.

Bundan tashqari, xizmatda yuksak natijalarga erishgan bir guruh xodimlarga IIVning qimmatbaho esdalik sovg`alari topshirildi.

— Ona-yurtimiz va xalqimiz osoyishtaligi yo`lida hamisha xizmatga shaymiz, — deydi Milliy markaziy byuro Moliya qismi boshlig`i, katta serjant Anvar Ishanov. — Bugungi bayram munosabati bilan bizga ko`rsatilgan yuksak e`tibor, barchamizga cheksiz iftihor bag`ishlaydi. Qolaversa, bundan keyin ham mas`uliyatni his etib, yanada fidoyilik bilan xizmat qilishga tayyormiz.

    Boshqa yangiliklar