AsosiySiyosat

MDH poytaxtlari Ichki ishlar organlari rahbarlari Toshkentda yig`iladi

'MDH poytaxtlari Ichki ishlar organlari rahbarlari Toshkentda yig`iladi'ning rasmi

Ertaga – 29 noyabr kuni Toshkentda MDHga a`zo davlatlar poytaxtidagi ichki ishlar organlari va polisiya rahbarlarining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

Ushbu tashabbus Po`lat Bobojonov raisligida O`zbekiston ichki ishlar vazirligi tomonidan MDHga a`zo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashi doirasida bildirilgan. Uni MDHga a`zo davlatlar hududlarida uyushgan jinoyatchilik va jinoyatlarning boshqa xavfli turlari bilan kurashishni muvofiqlashtirish byurosi tasdiqlagan.

Tashabbus maqsadlari Toshkent IIBBning MDHga a`zo davlatlarning poytaxtlardagi ichki ishlar organlari va polisiya bo`limlari bilan hamkorligini rivojlantirish va mustahkamlashdan iboratdir.

MDH poytaxtlari huquqni muhofaza qilish organlarining jipslashgan sa`y-harakatlari terrorizm va ekstremizm, giyohvand va psixotrop vositalarining noqonuniy aylanmasi, axborot texnologiyalari sohasidagi hamda shaxsga qarshi jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini birgalikda o`tkazishga imkon beradi.

Yig`ilish so`ngida ikki tomonlama hujjatlar va o`zaro anglashuv memorandumi imzolanishi kutilmoqda.

Boshqa yangiliklar