AsosiyJamiyat

MIB guruhbozlik va tanish-bilishchilikka yo`l qo`ymaslik uchun qanday tizimni joriy qilmoqchi?

'MIB guruhbozlik va tanish-bilishchilikka yo`l qo`ymaslik uchun qanday tizimni joriy qilmoqchi?'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, Majburiy ijro byurosi va Oliy sud mas`ul xodimlari ishtirokida o`tgan brifingda Byuro mas`ul xodimlari qator yangiliklarning Byuro faoliyatiga tatbiq etilishi, avvalo ijro harakatlari bo`yicha tomonlarning manfaatini huquqiy himoya qilinishiga qaratilganini bildirib o`tishdi...

Farrux TOShPO`LATOV, MIB Jamoatchilik bilan aloqalar va hududiy axborot bo`lim boshlig`i:

— Byuro organlari tomonidan joriy yilning o`tgan davrida 21,9 trln. so`mlik 2,7 mln. ta ijro hujjatining ijrosi tamomlandi. 

Tahlillarga ko`ra, hozirga qadar ijro hujjatlari davlat ijrochilari o`rtasida bo`lim boshlig`i tomonidan taqsimlanar edi. Biroq, odatiy taqsimlash tizimi davlat ijrochilarining ish hajmini nomutanosib belgilanishiga, ayrim hollarda ishlarni taqsimlashda guruhbozlik va tanish-bilishchilikka sharoit yaratishi mumkin. Bu kabi salbiy holatlarning oldini olish maqsadida, ijro hujjatlarini avtomatlashtirilgan tizim orqali davlat ijrochilari o`rtasida avtomatlashtirilgan taqsimlash tartibi joriy etilmoqda. 

 

Sadoqat ALLABERGANOVA

    Boshqa yangiliklar