Turmush taqozosi bilan ko`pchilik hamyurtlarimiz o`zga yurtlarda, musofirchilikda ishlab, oila tebratishlariga to`g`ri keladi ba`zan. Andijon viloyatidan kelgan bir guruh shaxslar ham daromad orttirish maqsadida Buxoro viloyati Romitan tumanida qurilish ishlarini bajarishdi. Ammo ularni yollagan o`z tumandoshlari ularni aldab ketdi...
Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi, yakka tartibda ishlovchi, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan, 1976 yilda tug`ilgan A.S va shu tumanda yashovchi, muqaddam o`g`rilik jinoyati uchun sudlangan, 1985 yilda tug`ilgan M.A.lar bir gurux bo`lib, Romitan tumanida joylashgan H.B.ga tegishli MChJga qarashli issiqxonani qurib berishni va`da qilib, ushbu MChJda issiqxona qurilish ishlarini qilishlari uchun Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi, yakka tartibda ustachilik bilan shug`ullanadigan, 1982 yilda tug`g`ilgan T.K boshchiligidagi ishchilarni yollab, ularni 2019 yilning avgust oyidan oktyabr oyi oxirlariga qadar issiqxona qurilishida ishlatib, ishchilarga berish uchun B.H.dan kelishilgan 150 million so`m pulni olib, ushbu pulni ishchilarga bermasdan o`zlarining ehtiyojlari uchun sarflab, jabarlanuvchilarga juda ko`p miqdorda moddiy zarar etkazgan holda firibgarlik jinoyatini sodir qilganlar.
Mazkur holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






