AsosiyJinoyat

Bosh hisobchi 3 mln. so`mlik kompyuterni qog`ozda 5,0 mln. so`mga aylantirdi

'Bosh hisobchi 3 mln. so`mlik kompyuterni  qog`ozda 5,0 mln. so`mga aylantirdi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo`ka tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o`tikazdi. Bu haqida "Darakchi"ga Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar berdi...

O`tkazilgan tadbirda Bo`ka tumani xalq ta`limi bo`limi bosh hisobchisi J.M. va boshqalar O`zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to`g`risida”gi qonuni talablariga zid ravishda haqiqiy bahosi 3,3 mln. so`m bo`lgan kompyuter to`plamlarining hujjatlarini soxtalashtirgan. Ularning har birini 5,0 mln. so`mdan hisoblab, jami 375 ta kompyuter to`plamlarini xarid qilishib, 623,7 mln. so`m byudjet mablag`larini rastrata qilish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan J.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar