AsosiyJamiyat

Mirobodda elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tadbirkorni chuv tushirdi

'Mirobodda elektr tarmoqlari korxonasi xodimi tadbirkorni chuv tushirdi'ning rasmi

 

Toshkentda tadbirkorni aldab, pul talab qilgan elektr tarmoqlari korxonasi xodimi aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Mirobod tuman elektr tarmoqlari korxonasi shartnomalar bo`yicha muhandisi D.Z. “A.T.” XK rahbari A.V.ni aldab, uning ishonchiga kirib, korxonadagi elektr hisoblagichni o`zgartirish va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 500 AQSh dollari va 650 ming so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritib, o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Boshqa yangiliklar