AsosiyJamiyat

Qozog`istondagi Misr islom madaniyati universiteti rektori yurtimizga tashrif buyurdi

'Qozog`istondagi  Misr islom madaniyati universiteti rektori yurtimizga tashrif buyurdi'ning rasmi

O`zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Qozog`istondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti rektori Muhammad ash-Shahhat al-Jindiy hamda ta`lim bo`limi boshlig`i Jalg`as Sandbaev tashrif buyurdi.  

Martabali mehmonlarni O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish masalalari bo`yicha maslahatchisi, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Rustam Qosimov qabul qildi.  

Uchrashuvda O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Qozog`istondagi “Nur-Muborak” Misr islom madaniyati universiteti o`rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, muqaddas islom dini va madaniyatining asl mohiyatini dunyo jamoatchiligiga tushuntirish, ta`lim muassasalari o`quv dasturi va darsliklari, professor-o`qituvchilar, ilmiy tadqiqotchi hamda talabalar almashinuvini yo`lga qo`yish borasida keng qamrovli muzokaralar o`tkazildi.  

— Men, O`zbekiston xalqaro islom akademiyasini diniy va dunyoviy bilimlar uyg`un holda o`qitib kelinayotgan dunyodagi nufuzli oliy ta`lim dargohlaridan biri sifatida bilaman, — deydi o`z so`zida Muhammad ash-Shaxxat al-Jindiy janoblari. — O`zbekiston olimlari qadimdan dunyo ilm-fani tamadduniga katta hissa qo`shgan. Islom dinida ham din va dunyoviy bilimlar teng qo`yiladi.  

Bu haqida muqaddas Qur`on kitobi va aynan sizning yurtingizda kamolga etgan buyuk muhaddis olimlar Imom Buxoriy, Imom Termiziy to`plangan ko`plab hadislarda ham keltirilgan. Yoshlarning barkamol voyaga etishi va dunyoda raqobatbardosh mutaxassis sifatida o`z o`rniga ega bo`lishida bu juda muhim omil, deydi mehmon. 

    Boshqa yangiliklar