O`rtachirchiq tumanida 42-sonli maktabda kapital ta`mirlash ishlarini amalga oshirgan mansabdor shaxslar byudjet mablag`larini talon-taroj qilganliklari aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning O`rtachirchiq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi 42-sonli maktabda kapital ta`mirlash ishlarini amalga oshirgan “X” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalar noqonuniy daromad orttirish maqsadida 241,9 mln. so`mlik ta`mirlash ishlarini amalda bajarmasdan, hujjatlarga soxta ma`lumotlar kiritishib, byudjet mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan, deya xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Mazkur holat yuzasidan “X” MChJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






