Toshkent shahrida o`tgan sutka davomida 5 ta yong`in holati qayd etilgan bo`lib, 1 nafar fuqaro halok bo`lgan. Yong`inlarda insonlarni tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
26 noyabr kuni soat 12:36da, Mirobod tumani, Og`abegim ko`chasi 30-uyda sodir bo`lgan yong`in. Ushbu yong`in tafsilotlari haqida maqaddam ma`lumot berilgan.
27 noyabr kuni soat 01:43da, Yashnobod tumani, Katta Olmos ko`chasi 89-uyda joylashgan “Go`sht” do`koni 20 kv.m. maydonida yongan. Yong`in o`chirish jangovar bo`linmalari chaqirilgan manzilga soat 01:45da etib borgan va ko`rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong`in soat 01:58da qurshab olinib, soat 01:59da bartaraf etilgan.
Yong`in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong`in joyiga 4 ta yong`in o`chirish texnikasi jalb qilingan.
Shu munosabat bilan, Toshkent shahar Yong`in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob`ekt rahbar hamda xodimlarini, shuningdek fuqarolarimizni yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`iy rioya etishlarini so`rab qoladi.






