2019 yilning 26 noyabr kuni soat 12 dan 36 daqiqa o`tganda Toshkent shahri Mirobod tumani “Baynalminal” mahallasi Og`abegim ko`chasida joylashgan 30-uyda yong`in bo`layotganligi haqida yong`in-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 3 ta yong`in o`chirish bo`linmalari jalb etilgan. Bo`linmalar chaqirilgan manzilga 7 daqiqada etib borgan. Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in soat 12:56 da qurshab olingan va soat 12:59 da to`liq bartaraf etilgan hamda alanga qo`shni xonadonlarga o`tib ketishi oldi olingan.
Yong`indan uyning 90 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Yong`in oqibatida yashash uyining 50 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Achinarlisi, yong`inni o`chirish vaqtida uy egasining o`g`li fuqaro I.E.ning kuygan holdagi jasadi topilgan, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo`linmasi.






