AsosiyJinoyat

Qarshi temir yo`lchilar madaniyat saroyi direktoriga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Qarshi temir yo`lchilar madaniyat saroyi direktoriga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Qarshi temir yo`lchilar madaniyat saroyi direktori vazifasida ishlagan Yodgorov Shuxrat Sobirovich va Yodgorov Suxrobjon Sobirovichlarga isbatan 1-1901-1903/345-sonli jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda “Jahon.uz” xabar bermoqda.  

Ish hujjatlariga ko`ra, Yodgorov Shuxrat Sobirovich O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi 2-qismining “v,g” bandlari va 209-moddasining 1-qismi bilan ayblangan.

Ayblanuvchi Yodgorov Shuxrat Sobirovich, 2013 yil 1 iyul kunidan “Qarshi Mintaqaviy temir yo`l uzeli” unitar korxonasiga qarashli Qarshi temir yo`lchilar madaniyat saroyi direktori lavozimida ishlab kelib, ukasi Yodgorov Suxrobjon Sobirovichning 2013 yil 1 iyul kunidan temir yo`lchilar madaniyat saroyi qorovuli vazifasiga tayinlanganligidan qasddan foydalanib, mansabdor shaxs bo`la turib, o`zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida oldindan jinoiy til biriktirib, mansab mavqeini suiiste`mol qilib, S.S.Yodgorov bilan o`zaro kelishib, ukasi S.S.Yodgorovni umuman ishga chiqmasligi uchun shart-sharoit yaratib berib, buning oqibatida ukasi S.S.Yodgorov 2013 yilning 1 iyul kunidan 2019 yilning 10 iyul kuniga qadar bo`lgan davr mobaynida umuman ishga chiqmagan.

U o`ziga yuklatilgan xizmat vazifalarini bajarmagan bo`lsa-da, unga ushbu davr mobaynida u tomondan tabellarga ish soati ko`rsatib, jami 59.543.416 so`m miqdorda ish haqlarini asossiz ravishda hisoblanishiga erishib, noqonuniy to`langan mazkur mablag`larni ukasi S.S.Yodgorovning nomiga “Milliybank” aksiyadorlik-tijorat bankining Qarshi shahar filialida ochilgan plastik kartochkaga o`tkazilishiga erishib, 4-kishi almashib qorovullik qilishi lozim bo`lgan Qarshi temir yo`lchilar Madaniyat saroyida, 3kishi almashib qorovullik qilishi natijasida, belgilangan ish soatlaridan ortiqcha qorovullik qilgan E.Chorshanbiev, R.Napasov va Yodgorov Sunnatlarning manfaatlariga va “Qarshi Mintaqaviy temir yo`l uzeli” unitar korxonasi manfaatlariga 59.543.416 so`m miqdorda zarar etkazishgan.

    Boshqa yangiliklar