AsosiyJamiyat

Surxondaryoda qariyb 33 ming xalq ta`limi tizimi xodimlarining bilim darajasi baholanadi

'Surxondaryoda qariyb 33 ming xalq ta`limi tizimi xodimlarining bilim darajasi baholanadi'ning rasmi

Joriy yilning 26 noyabr kuni Surxondaryo viloyati xalq ta`limi tizimi boshqaruv xodimlari, maktab direktorlari va o`qituvchilarining bilim darajasini aniqlash maqsadida test sinovlari o`tkazish jarayoni boshlandi.

9 dekabr kuniga qadar davom etadigan test sinovlarida 32 769 nafar o`qituvchi va boshqaruv xodimlarining bilimi o`z mutaxassislik fanlari hamda davlat tili bo`yicha baholanadi.

Surxondaryo viloyatining barcha tuman (shahar) xalq ta`limi bo`limi mudirlari ishtirokida test jarayonlarini tashkil etish, uni o`tkazish, o`qituvchilarning test sinovlarida belgilangan jadval asosida tashkiliy ravishda ishtiroklarini ta`minlash bo`yicha yig`ilish o`tkazildi.

Shuningdek, bitiruvchilari oliy o`quv yurtiga umuman kirmagan Termiz tumanidagi 15-sonli va 21-sonli maktablarning faoliyati bilan tanishildi.

Mazkur maktablar rahbariyati va o`qituvchilari jamoasiga ta`lim sifatini oshirish bo`yicha vazifalar topshirildi. Jumladan, o`quvchilarni oliy o`quv yurtiga tayyorlash va to`g`ri yo`naltirish ishlarini 9-sinfdan boshlash, 11-sinf o`quvchilari bilan alohida maqsadli ishlash, barcha asosiy fanlardan qo`shimcha darslar tashkil etish, o`qituvchilarning darslarni sifatli o`tishi yuzasidan dars tahlillarini muntazam olib borish, tuman XTB tomonidan har ikki maktabga bir nafardan mas`ul biriktirish, ilg`or maktablar bilan tajriba almashishni tashkil etish, o`quvchilar va ota-onalar o`rtasida anonim so`rovnomalar o`tkazish orqali o`qituvchilar faoliyatini baholash va so`rovnoma natijalariga ko`ra dars taqsimotlarini qayta ko`rib chiqish va boshqa ko`rsatmalar berildi.

 

    Boshqa yangiliklar