Farg`ona viloyatining Marg`ilon shahrida istiqomat qiluvchi X.X. ismli nafaqa yoshidagi fuqaro o`qotar qurol sotayotganida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan voqea joyida qo`lga olindi. Bu haqda postda.uz yozmoqda.
Ashyoviy dalil tariqasida olingan o`qotar qurol ballistik ekspertizadan o`tkazilganida, u «Makarov» to`pponchasi ekanligi va ishlatishga yaroqliligi, jangovar holatdaligi ma`lum bo`ldi. Shuningdek, sotilayotgan to`pponchaning bir dona jangovar patroni ham ham mavjud bo`lgan.
Mazkur voqeadan so`ng otaxon yashayotgan xonadonda yana boshqa qurol saqlanayotgan bo`lishi mumkinligi taxmin qilinib, uning uyi xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganida, ko`p miqdorda giyohvand moddalar borligi oydinlashdi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.






