AsosiyJinoyat

Ko`rik tanlovda 1-o`rin uchun pul talab qilgan firibgar qo`lga olindi

'Ko`rik tanlovda 1-o`rin uchun pul talab qilgan firibgar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tumani bo`limi xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirdafiribgar fuqaro qo`lga olindi. Bu haqida "Darakchi"ga Bosh prokuraturasi, Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi boshlig`i Hayot Shamsutdinov xabar berdi. 

“Barkamol avlod bolalar markazi” direktori A. markazning Yosh tabiatshunos to`garagi rahbari N.ni pora berishga dalolat qilib, undan “Yilning eng yaxshi to`garak rahbari” Respublika ko`rik tanlovida 1-o`rinni olib berganligi evaziga 200 AQSh dollari talab qilgan. 100 AQSh dollari va 955 000 so`m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 

Mazkur holat yuzasidan Uychi tumani “Barkamol avlod bolalar markazi” direktori A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar