2019 yil 24 noyabr kuni internetning “Telegram” ijtimoiy tarmog`idagi “Potrebitel Buxara plyus” kanalida Buxoro shahridagi “Golden drakon” nomli restoranda sodir bo`lgan voqea aks etgan video e`lon qilingan.
Mazkur holat Buxoro viloyati IIB tomonidan tezkor o`rganildi.
Aniqlanishicha, 2019 yil 24 noyabrga o`tar kechasi soat 00-30larda Buxoro shahrida yashovchilar, 1994 yilda tug`ilgan U.Niyazov, 1993 yilda tug`ilgan B.Idiev hamda 1993 yilda tug`ilgan B.Turdievlar spirtli ichimliklar ta`siridan mast holatda Buxoro shahar M.Iqbol ko`chasida joylashgan “Golden Drakon” tungi klubi tashqarisida o`zaro janjallashib, bir birlariga tan jaroxati etkazishgan va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko`rsatish ilmiy markazi Buxoro filialiga murojaat qilishgan. Buxoro shahar IIO FMB 2-son IIB tergov tezkor guruhi hodisa joyiga chiqib, janjal bartaraf etilgan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Janjal vaqtida olgan tan jaroxatining og`irlik darajasini aniqlash bo`yicha ushbu fuqarolarga nisbatan sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Holat yuzasidan janjal ishtirokchilari va guvohlardan tushuntirish xatlari olingan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.






