AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ilk bor «Ijodkor o`qituvchilar olimpiadasi» o`tkaziladi

'O`zbekistonda ilk bor «Ijodkor o`qituvchilar olimpiadasi» o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yilning 27 noyabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tashabbusi bilan Nukus shahridagi 46-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumiy o`rta ta`lim maktabida O`zbekistonda birinchi marotaba «Ijodkor o`qituvchilar olimpiadasi»ni jamoaviy tarzda tashkil etish rejalashtirilgan.

Mazkur olimpiadaning maqsadi fan metodistlari va o`qituvchilarning bir-biri bilan hamkorlikda samarali ishlash jarayonini yanada rivojlantirish, sog`lom raqobat muhitini yaratish, ilg`or fan metodisti va o`qituvchilarini aniqlash hamda qo`llab-quvvatlash, ularning tajribalarini Respublika miqyosida ommalashtirishdan iborat.

Shuningdek, tajribali fan o`qituvchilari o`z mutaxassisligidan tashqari, boshqa fan o`qituvchilari bilan hamkorligini kuchaytirish, ularni ta`lim tizimiga oid islohotlarning va yangi qarorlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish olimpiadaning asosiy maqsadlaridan biridir.

«Ijodkor o`qituvchilar olimpiadasi» quyidagi bosqichlardan iborat:

1-bosqich: Barcha ishtirokchilar maktabning kompyuter sinf xonasida oflayn test topshiradi.

2-bosqich: Davlat tili (o`zbek va qoraqalpoq) da diktant yoziladi.

Final bosqichi 3 turdan iborat:

1-tur: ishtirokchining o`z tumani yoki shahrining ta`lim sifati ko`rsatkichlari asosidagi taqdimoti;

2-tur: ishtirokchining yodda saqlab qolish qobiliyati sinovdan o`tkaziladi;

3-tur: keys metodi asosida muammoli vaziyatdan chiqish holati baholanadi.  

 

    Boshqa yangiliklar