Transport vazirligining vakillari aviachiptalar narxi nega qimmatligiga, qo`shni davlatlar kabi narxlarni arzonlashtirish uchun qanday choralar ko`rilayotgani haqida jurnalistlarning savollariga javob berdi. Bu haqda matbuot anjumanida ishtirok etgan O`z A muxbiri xabar bermoqda.
Ulug`bek Bektoshev, Transportini rivojlantirish departamenti boshlig`i:
– Aviachiptalar narxining 30-40 foizi kerosin bilan bog`liq. Bizda u etarlicha bo`lmagani uchun xorijdan qimmat narxlarda sotib olinadi. Chet eldan kelgan samolyotlarga kerosinning bir tonnasi bir ming ikki yuz dollardan sotilar edi. Bugungi kunda yangi tizimga ko`ra “Uzbekistan Airways” kompaniyasi o`zi uchun kerosinni sotib olmoqda. Chet el aviakompaniyalari uchun esa yangi narx belgilandi, 890 dollar atrofida. Bu xorijliklar uchun ma`qul bo`lmoqda.
Hozirda 11 ta xalqaro aeroportda sharoitlar yaratilgan. “Uzbekistan Airports” aksiyadorlik jamiyati kerosinni import qilib sotmoqda.






