AsosiyJamiyat

1 yanvardan boshlab har bir yo`lovchi yurgan masofasi uchun alohida yo`lkira to`laydi

'1 yanvardan boshlab har bir yo`lovchi yurgan masofasi uchun alohida yo`lkira to`laydi'ning rasmi

“Umumiy foydalaniladigan transportda yo`lovchi tashishda yo`lkira haqini to`lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to`g`risida” Hukumat qarori (948-son, 25.11.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, umumiy foydalaniladigan transportda yo`lovchi tashish uchun yo`lkira haqini to`lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bosqichma-bosqich:

Toshkent shahrida «Toshshahartransxizmat» AJ va «Toshkent metropoliteni» UKning ayrim yo`nalishlarida ko`rsatilgan yo`lovchi tashish xizmatlari uchun — 2020 yil 1 yanvardan boshlab;

Nukus shahri va viloyat markazlarida yo`lovchi tashish xizmatlari uchun — 2020 yil 1 avgustdan boshlab;

respublikaning barcha hududida yo`lovchi tashish xizmatlari uchun — 2021 yil 1 yanvardan boshlab amalga oshiriladi.

Alohida fuqarolar toifalari uchun imtiyozli transport kartalarini shaxsiylashtirish va karta tannarxi bo`yicha sotish davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi.

Aholiga transport xizmati ko`rsatuvchi yuridik shaxslarningavtomatlashtirilgan tizimga ulanishi yo`lovchi tashish xizmatlari ko`rsatish huquqini beruvchi tender (tanlov) bo`yicha bitimlarda aks ettiriladi.

Qarorga ko`ra, avtomatlashtirilgan tizim uchun tariflarni belgilash tartibi ishlab chiqiladi.

Unda, bitta to`lov bilan bir nechta transport yoki transport turidan foydalanish imkoniyati, yo`nalishdagi vaqt hamda masofadan kelib chiqqan holda belgilanadigan tarif rejalarini joriy etish kabi masalalar nazarda tutiladi

    Boshqa yangiliklar