AsosiyJinoyat

Chilonzorda xonadondan o`g`rilar katta miqdorda mulk olib qochishdi

'Chilonzorda xonadondan o`g`rilar katta miqdorda mulk olib qochishdi'ning rasmi

Ikki nafar yigitlar xonadondan zargarlik buyumlarini va katta miqdordagi pullarni o`g`irlaganlikda gumonlanuvchi sifatida qo`lga olindilar. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma`lum qildi.

Keltirilishicha, 11-noyabr kuni soat 08.30 dan 17.30 gacha Chilonzor tumanida noma`lum shaxs kalit tanlash yo`li bilan 49 yoshli Nadejda B.ning uyiga kirgan. G`arazgo`y shkafdan umumiy qiymati 28.550.000 so`m bo`lgan zargarlik buyumlarini, shuningdek 7.000.000 so`m va 17.650 AQSh dollarini o`g`irlab, jinoyat joyidan yashiringan. 

Ushbu fakt asosida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ko`rilgan choralar davomida o`g`irlikda gumonlanuvchi 23 yoshli Andrey S. Va 18 yoshli Sanjar Ya.lar qo`lga olindilar.

    Boshqa yangiliklar