AsosiyDunyo

Komada bo`lgan bemorlarning uchdan bir qismi qisman yoki to`liq shaklda atrofidagi voqealarni ko`rib, bilib turadi

'Komada bo`lgan bemorlarning uchdan bir qismi qisman yoki to`liq shaklda atrofidagi voqealarni ko`rib, bilib turadi'ning rasmi

Britaniyalik olimlar komada bo`lgan odam o`zini qanday his qilishini aniqlashga harakat qilishdi.

Tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, komada bo`lgan bemorlarning 30-40% qisman yoki to`liq shaklda atrofida bo`layotganlarni ko`rib, bilib turadi. Biroq, olimlar uzoq vaqt davomida bunday bemorlar bilan aloqa qilishga imkon beradigan yo`lni topa olishmadi.

Nevrolog olim Adrian Ouen komada bo`lgan bemorlar bilan aloqani funksional magnit-rezonans tomografiya imkoniyatlariga murojaat qilish orqali ta`minlash mumkinligini aniqladi. Shunday qilib, tajriba shuni ko`rsatdiki, tomograf yordamida yoritilgan miya, shifokor tomonidan so`ralgan savollarga javoban u yoki bu qismida yarqirash bilan javob beradi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar komada bo`lgan odam chanqoqlik va qattiq qo`rquvni his qilishini aniqladilar.

«Patofiziologiya nuqtai nazaridan, har qanday koma 4 xaftadan kechikmay to`xtaydi (agar bemor o`lmasa). Biz aniklagan esa vegetativ holat davrida doimiy hisoblanadi”, deb izoh berdi Britaniya Nevrologiya Markazining ilmiy rahbari Mixail Piradov.

    Boshqa yangiliklar