2019 yil 23 noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida ikkita davlat maktabgacha ta`lim tashkilotining (keyingi o`rinlarda -MTT) ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Umumiy hajmi 370 nafar bolani tarbiyalashga mo`ljallangan ushbu MTTning ochilish marosimida Maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin ishtirok etdi.
Sergeli tumanida qurilgan yangi maktabgacha ta`lim muassasalari turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan.
“Sirg`ali tumani qurilish zichligi va yosh oilalarning ko`pligi bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta`lim vazirligi mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda aholini zarur ijtimoiy infratuzilma bilan ta`minlashga harakat qilmoqda. Biz yangi ob`ektlarni qurmoqdamiz va mavjudlarining imkoniyatlarini oshirmoqdamiz. Yangi MTT turar joy binolarining birinchi qavatida joylashgan bo`lib, u ota-onalar va bolalar uchun qulaydir. Hammasi bo`lib ikkita maktabgacha ta`lim muassasasida 7 ta kunlik guruhlar va 4 ta qisqa muddatli guruhlar ikki smenada faoliyat yuritadi”, - deydi maktabgacha ta`lim vaziri Agrippina Shin.
Oziq-ovqat mahsulotlari ikki xil tarzda tashkil qilinadi:
- autsors tarzida jalb qilinuvchi firmalarga mtt hududida ovqat tayoyrlash uchun ularga oshxonalar, jihozlar va boshqa uskunalardan foydalanish imkoniyatini berish;
- keytering, ya`ni tayyor ovqatni MTTga etkazib berish.
Shuningdek, ikkita maktabgacha ta`lim muassasasining ochilishi pedagog va yordamchi xodimlar uchun qo`shimcha 41ta ish o`rnini yaratadi. Ikkala MTT ham 2019 yil dekabr oyida ishga tushadi.






