AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ruxsati bo`lmagan ayrim Rossiya OTMlari abiturientlardan hujjat qabul qilayotgani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda ruxsati bo`lmagan ayrim Rossiya OTMlari abiturientlardan hujjat qabul qilayotgani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi O`zbekistonda oliy ta`lim muassasasi sifatida faoliyat ko`rsatish huquqiga ega bo`lmagan ayrim OTM abiturientlardan hujjat qabul qilayotgani haqida  xabar berdi. 

(https://t.me/uztdi/590)Inspeksiya xabariga ko`ra, yangi o`quv yili boshlanganiga 3 oy bo`lgan bo`lsada, 2019/2020 o`quv yili uchun o`qishga kirishga abiturientlardan hujjat qabul qilish jarayoni davom etayotgani va ushbu xizmat uchun pul undirilayotganligi, kontrakt shartnomalari tuzilayotganligi to`g`risida ko`plab murojaatlar kelib tushganmoqda.

Xususan, fuqarolardan bo`layotgan murojaatlarga ko`ra Rossiya Federasiyasining ayrim oliy ta`lim muassasalari O`zbekiston Respublikasi hududida oliy ta`lim berishga ruxsat beruvchi hujjatlarga ega bo`lmay turib, abiturientlardan hujjat qabul qilmoqda. 

Jumladan: 

👉 Tomsk davlat boshqaruv tizimlari va radioelektronika universiteti;

👉 Moliya, iqtisod va zaxiradagi ofiserlar huquqi instituti;

👉 “Tadbirkorlik oliy maktabi” xususiy oliy ta`lim muassasasi;

👉 “Sharqiy-Evropa instituti” xususiy oliy ta`lim muassasasi;

👉 “Sibir biznes va axborot texnologiyalari instituti” nodavlat oliy ta`lim muassasasi va boshqalar.

Qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq, nodavlat ta`lim tashkiloti sifatida Ta`lim inspeksiyasi ro`yxatidan o`tmagan nodavlat ta`lim tashkilotlari tomonidan berilgan ta`lim olganligi to`g`risidagi hujjatlar yuridik huquqqa ega emas. 

O`zbekistonda akkreditasiyalangan va diplomi tan olinadigan oliy ta`lim muassasalari ro`yxati bilan quyidagi manzilda (http://tdi.uz/)  tanishish, qiziqtirgan savollar bilan @Uztdibot telegram bot orqali murojaat qilish mumkin.

Avvalroq Jizzaxda OTMga qabul bo`layotganligi holatiga vazirlik aniqlik kiritilgan edi.

 

Boshqa yangiliklar