AsosiyDunyo

Qozog`istonda o`zbekistonliklarning organlarini sotgan shifokor ozodlikdan mahrum etiladi

'Qozog`istonda o`zbekistonliklarning organlarini sotgan shifokor ozodlikdan mahrum etiladi'ning rasmi

Bosh shifokor jinoiy guruh a`zolari bilan kelishgan holda harakat qilgan.

Chimkent shahar klinik kasalxonasining bosh shifokori Abilay Donbay polisiya tomonidan inson a`zolarini noqonuniy transplantasiyasi bilan shug`ullangan jinoiy guruh faoliyatida ishtirok etgani uchun hibsga olingan, deya xabar beradi Qozog`iston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

U 264-moddaning 2-qismi (transmilliy jinoiy guruhga a`zo bo`lish) va 116-moddasining 3-qismi (inson a`zolarini noqonuniy olib tashlash) bo`yicha jinoiy jinoyatlar sodir etishda ayblanmoqda, deyiladi agentlikning press-relizida.

Tergov ma`lumotlariga ko`ra, 2017-2018 yillarda Qozog`iston hududida chet el fuqarolari tomonidan tashkil etilgan inson a`zolarini transplantasiya qilish bo`yicha jinoiy guruh faoliyat yuritgan.

Donorlar sifatida O`zbekiston, Qirg`iziston va Ukraina fuqarolari jalb qilingan, ular og`ir moliyaviy ahvoli tufayli buyraklarini sotishga majbur bo`lishgan, qabul qiluvchilar esa xorijiy davlatlarning, asosan Isroilning badavlat fuqarolari bo`lgan, deyiladi press-relizda. 

Huquqni muhofaza qilish idoralarining fikricha, shifokor bila turib jinoiy guruh a`zolari bilan oldindan til biriktirib, odamlarning organlarini sotish va sotib olishni qonun bilan taqiqlanganiga qaramay, katta miqdordagi pul mukofoti uchun buyrakni olib tashlash va transplantasiya qilish bilan shug`ullangan.

Ichki ishlar vazirligiga ko`ra, transplantasiya bo`yicha shifokor va jinoiy guruh a`zosi bo`lgan Qirg`iziston fuqarosi qo`lga olingan.

    Boshqa yangiliklar